Yangi Angren IES atmosferaga me’yordan ortiq zararli moddalar tashlanayotgani aniqlandi

Yangi Angren IES atmosferaga me’yordan ortiq zararli moddalar tashlanayotgani aniqlandi

 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi faoliyati tekshirildi.

Tekshirishda IESda atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yordan yuqori ekanligi, chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi 80 foizga tushib ketgani ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha atmosferani ifloslantirganlik va sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirganlik uchun jami 1 milliard 3 million so‘m kompensatsiya hisoblandi.

Bundan tashqari, IESdagi 11 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga hujjatlar yuborilgan.

Shuningdek, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida chang gaz tozalash uskunalarining ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar ishlab chiqildi.