2024-yil 31-yanvar kuni soat 16:35larda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidan o‘tuvchi «Kitob-Shahrisabz» avtomobil yo‘lining 3-kilometrida viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi N.Musinov davlat raqam belgisi bo‘lmagan «Damas» avtomobili haydovchisining me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida «to‘xtash» haqidagi ishorani bergan vaqtda, haydovchi to‘xtamasdan transport vositasini xodimning ustiga boshqarib yuborgan. Atrofda bo‘lgan fuqarolar yordamida avtomobil ostidan olib chiqilgan YPX xodimi N.Musinov shifoxonaga olib borilgan. Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra N.Musinovda «boshi, yuzi, qo‘li va oyoqlarida shilingan, qirilgan jaroxatlar» borligi ma’lum qilingan.
Holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.