Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Yakkabog‘ tuman bo’limi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri olib borildi.
Reyd davomida Yakkabog‘ tumani «To’qboy» MFY hududida hokim yordamchisi P.R. tomonidan 20 та na’matak butasi va 5 ta olcha daraxti noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 9 mln 350 ming so’m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, P. R. 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Huquqbuzar qilmishi uchun jami 12 million 750 ming so‘m miqdorida tovon to‘laydigan bo‘ldi.