Yig‘ilishda eksportning 50 foizi 4 ta bozorga – Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va Turkiyaga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi. Ulardan tashqari eksportni 1 milliard dollarga chiqarish mumkin bo‘lgan mamlakatlar bilan yaqindan ishlash muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yoki, eksportning asosiy qismini tashkil qiladigan 20 turdagi mahsulot 1 ta bozorga bog‘liq bo‘lib qolgan.
Eksport tovarlarining uchdan bir qismi xomashyo bo‘lib, tashqi bozorlardagi narx kon’yunkturasiga bog‘liq.
Masalan, ikki yil oldin mamlakatimiz “GSP+” tizimiga qo‘shilib, 6 ming 200 turdagi tovarlarni Yevropa bozorlariga bojsiz olib kirish imkoniyati yaratildi. Lekin o‘tgan yili ushbu tizimdan to‘liq foydalanilmay, 384 turdagi tovarlar eksport qilindi.