Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning barqarorlik reytingini joriy qilish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi. (https://president.uz/uz/lists/view/6969)
Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor boʻladi, QQS summasi bir kunda va boshqa soliq turlari boʻyicha ortiqcha toʻlov uch kunda qaytarib beriladi.
Tovarlarni import qilishda va sotishda QQSni bojxona va soliq organlarida oʻzaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini boʻlib toʻlash muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi. Bunda kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni biryoʻla amalga oshirganda, qolgan summaga yillik foizlar hisoblanmaydi.
Reytingda tadbirkorlar faoliyatiga elektron tizim baho beradi. Subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar berishda reyting inobatga olinadi.
Reyting tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beruvchi himoya tizimiga aylanadi. Ya’ni, shubhali shartnomalar va insofsiz raqobatga chek qo‘yilib, “yashirin” iqtisodiyot qisqaradi.
“Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” platformasi 1-martga qadar ishga tushirilishi belgilab olindi.