Yadro uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik ayol yuksak saviyaga erishdi.
Eronda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakili Malika Nasriddinova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda NOC xabar bermoqda .
Qayd etilishicha, Nasridinnova yadro uloqtirish bahslarida 15,42 m natija ko‘rsatdi.
Quyida g‘oliblar ro‘yxati keltirilgan:
- Yue Song (Xitoy) – 17,65;
- Malika Nasriddinova (O‘zbekiston) – 15,42;
- Elham Hoshimi (Eron) – 14.27.