2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston The Economist Intelligence Unit Demokratiya indeksida 167 davlat orasida 148-o‘rinni egalladi.
Bir yil avval mamlakat 149-o‘rinni egallagan edi. Demokratiya shkalasi bo’yicha O’zbekiston 2,12 ball to’pladi, bu ko’rsatkich bir necha yillardan beri o’zgarmadi. Mamlakat “avtoritar rejim”ga ega davlatlar guruhiga kiritilgan.
Demokratiya saylov jarayoni sifati va plyuralizm, hukumat faoliyati, siyosiy ishtiroki, siyosiy madaniyat va fuqarolar erkinliklari asosida baholandi.
Indeksda Norvegiya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Shvetsiya va Finlyandiya yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxatni Suriya, Markaziy Afrika Respublikasi, Shimoliy Koreya, Myanma va Afg‘oniston to‘ldiradi.