Sport vazirligi suv sporti bo’yicha tender e’lon qiladi

Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

Sport vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Buxoro viloyati Sportning suv turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qarashli “Baydarka va kanoe” sport majmuasi davlat-xususiy sheriklik asosida mukammal ta’mirlash va foydalanishni tashkil etish bo‘yicha DXSH loyihasini amalga oshirilish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha bo‘yicha boshqa talabgorlarga mazkur loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari quyidagi manzillarda 2024-yil 4-dekabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha qabul qilinadi:

1. Sport vazirligi
Elektron pochta manzili: info@minsport.uz
Telefon raqami: +998 (71) 239-24-25, 239-24-24
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Elektron pochta manzili: dxsh@imv.uz
Telefon raqami: +998 (71) 203-50-50