Saylov_2024 (qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?)

🔎Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlariga saylovlarning yangicha ko‘rinishi nimalarda aks etadi?

✅Saylovlarning ochiqligi yangi darajaga ko‘tarildi.

🖥Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarning barcha 30 minga yaqin nomzod bilan Yagona axborot resursi e-saylov axborot tizimi orqali tanishib chiqish mumkin.

🖥e-saylov axborot tizimida Qonunchilik palatasining barcha 875 nafar nomzodning tarjimayi holi va dasturlari ochiq tarzda joylashtirilgan.

👤Fuqarolarning saylovga oid axborotlarni olish huquqlari ta’minlandi.

➡️Jumladan, ilk bor e-saylov axborot tizimi orqali Qonunchilik palatasining barcha hududlardagi saylov okruglari soni va chegaralarini interaktiv xarita shaklini ko‘rish imkoniyati yaratildi.

➡️Shuningdek, saylovchilar, siyosiy partiyalar, nomzodlar, xorijiy va mahalliy kuzatuvchilar, OAV saylovga oid muhim bo‘lgan 300 dan ortiq ma’lumot, xususan, saylov qonunchiligi, videoroliklar, eslatma va yo‘riqnomalar, ko‘p beriladigan savollarga javoblar ko‘rib chiqish uchun joylashtirildi.

➡️Deputatlikka nomzodlarning huquqiy kafolatlaridan xabardorligi oshirildi.

➡️Ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarning deputatlikka nomzodlariga saylov kampaniyasi davomida ishonchli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazish, saylovoldi tashviqoti muddatlari, nomzodlarning huquqlari va majburiyatlari haqida ma’lumot beruvchi 10 turdagi SMS xabarnomalar yuborib turilmoqda.

➡️Ommaviy axborot vositalariga saylovlarni yoritish uchun qulay infratuzilma yaratildi.

➡️OAV vakillari mamlakatning istalgan qismidan turib akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun e-saylov axborot tizimi orqali elektron tarzda soddalashtirilgan tartibda murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

➡️Kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazmoqchi bo‘lgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar ham o‘z davlatlaridan turib e-saylov axborot tizimiga kirishi hamda belgilangan namunadagi ma’lumotlarni elektron tarzda kiritib, ko‘rib chiqish uchun yuborish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

➡️Akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy kuzatuvchilarning mandatlari ham tizim orqali avtomatik tarzda elektron shaklda mutlaqo yangi ko‘rinishda shakllanadi. Buning natijasida saylov tartib-taomillaridagi ortiqcha byurokratiya, inson resurslari va mablag‘lar sarfi keskin maqbullashtirildi.

➡️Umumiy qilib aytganda, joriy yilgi saylovlar yanada ochiq, shaffof, saylov ishtirokchilari uchun qulay – mutlaqo yangi ko‘rinish kasb etadi.