Fransiya yoshlar terma jamoasi va “Oser” klubining sobiq yarim himoyachisi Fransua-Ksave Fumou Tamuzo koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan “Pfizer” va “BioNTech” kompaniyalariga qarshi sudga murojaat qildi.
29 yoshida faoliyatini yakunlagan futbolchi vaksina va undan keyingi bir qancha jarohatlar oʻrtasida bogʻliqlikni aniqlamoqchi. Shu bilan birga, Tamuzo oʻzi ham bu bogʻliqning mavjudligiga ishonchi komil emasligini taʼkidladi.
Futbolchi 2021-yilning yozida vaksina olgan, shundan soʻng u tizza paylari yalligʻlanishi va Axilles tendonining yorilishidan aziyat chekkan.
Tamuzo shifokorlarga murojaat qilgan, mutaxassislar uning jarohatlari vaksinaning nojoʻya taʼsiri natijasi boʻlishi mumkinligini taxmin qilishdi.
Bu ish boʻyicha birinchi sud majlisi 2-iyul kuni Parijda boʻlib oʻtadi.