Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovning U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etishi aniq boʻldi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, OʻFA Fayzullayevning turnirda ishtirok etishi borasida «SSKA» bilan kelishuvga erishdi.
Abbosbek 22-aprel kuni Olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga borib qoʻshiladi.
Fransiyaning «Lans» klubi ham Abduqodir Husanovga U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etishga ruxsat bergan. Bu haqida «Championat Asia» xabar bermoqda.
Futbolchi «Lans»ning «Klermon»ga qarshi oʻyinidan keyin Qatarga yoʻl oladi va Vyetnam bilan uchrashuvga qadar terma jamoa ixtiyorida boʻladi.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi D guruhida 6 ochko jamgʻargan holda pley-off masalasini hal qildi. Soʻnggi oʻyinda Timur Kapadze shogirdlari Kuvayt darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.