Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHdan kelgan «qoʻgʻirchoqboz»lari tufayli Ukrainani vayron qildi. Ushbu fikrlarni germaniyalik tadbirkor Kim Dotkom aytib oʻtdi.
«Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida tinchlik vaʼda qilib gʻalaba qozongan komediyachi oʻz mamlakatini vayron qildi va odamlarning avlodini yoʻq qildi, oʻzining amerikalik «qoʻgʻirchoqboz»lari uchun Rossiya bilan ziddiyat uygʻotdi», deydi tadbirkor.
Avvalroq, germaniyalik tadbirkor NATOning Rossiyani bostirish rejasi barbod boʻlganini, chunki rus qoʻshinlari har qachongidan ham kuchliroq ekanini aytgan edi.
«Rossiya mojaroda hukmronlik qilayotgan bir paytda NATO Ukraina uchun hatto oʻq-dori topa olmaydi», — degandi u.