AQSH Moliya vazirligi Gʻarbiy Sohildagi vaziyat bilan bogʻliq holat tufayli bir Isroil fuqarosi va ushbu mamlakatning ikki tashkilotiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Bu haqda Amerika moliya departamenti maʼlum qildi.
Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden Gʻarbiy Sohildagi zoʻravonlik harakatlariga aloqador Isroil fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy etishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagan edi. Sanksiyalar roʻyxatiga kiritilishi AQSHdagi aktivlarni muzlatib qoʻyish va Amerika fuqarolari va kompaniyalariga aloqador shaxslar bilan biznes yuritishni taqiqlashni nazarda tutadi.