Toshkent shahridagi “Humo arena”da Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan chempionlar oqshomi turniri o‘tkazildi.
E’tiborlisi, musobaqada ringga ko‘tarilgan barcha o‘zbekistonlik bokschilar g‘alabaga erishdi.
Kechaning markaziy jangida minimal vaznda o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov IBA kamari uchun ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda to‘liq ustunlikka esha bo‘lgan Do‘smatov yakunda g‘alabaga erishib, IBA kamari va 350 ming AQSH dollar gonorarga ega bo‘ldi.
Shunday qilib, 30 yoshli Hasanboy Do‘smatov profboksdagi yettinchi g‘alalabani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Karmona esa profringdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.