Poytaxtimizda Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan Osiyo ochiq kubogining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslari yakunlandi. Unda polvonlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan jami 421 nafar dzyudochi 8 vazn toifasida raqobatlashdi.
Musobaqada terma jamoamiz a’zolari 16 ta oltin, 10 ta kumush va 24 ta bronza, jami 47 ta medal jamg‘ardi va umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Qozog‘iston termasi 4 ta kumush va 7 ta bronza medal bilan ikkinchi, 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan Qirg‘iziston termasi uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Ayni vaqtda Osiyo ochiq kubogining yoshlar o‘rtasidagi bahslari davom etmoqda.