Quyosh panellariga texnik xizmat koʻrsatish markazi ochildi

Quyosh panellariga texnik xizmat koʻrsatish markazi ochildi

 Qashqadaryo viloyatida 700 ga yaqin ijtimoiy soha va davlat tashkilotlari, mingdan oshiq tadbirkorlik subyekti hamda ikki mingga yaqin aholi xonadonlarida quyosh panellari oʻrnatilgan. Bu raqamlar kun sayin oshib bormoqda.

Albatta, ushbu quyosh panellarining belgilangan meʼyorlar darajasida ishlashi uchun ularga oʻz vaqtida sifatli texnik xizmat koʻrsatilishi зарур.Қарши shahrida Energetika vazirligi huzuridagi «Yashil energiya» kompaniyasining viloyat filiali ochilishi esa bu borada amalga oshirilgan muhim qadamlardan biri boʻldi.

— Kompaniyamiz davlat organlari va tashkilotlarining bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish hamda xizmat koʻrsatishga masʼul, — deydi «Yashil energiya» MCHJ dispetcherlik xizmati bosh mutaxassisi Valijon Mahmudov. — Bugunga qadar mamlakatimizning barcha hududlarida hududiy filiallarimizni ishga tushirdik. Ushbu filial ayni vaqtda viloyatdagi 15 ta davlat idorasi va tashkilotlaridagi quyosh panellariga xizmat koʻrsatadi. Kelgusida bunday obyektlarimiz soni oshib borishi tayin. Shu bilan bir qatorda, xususiy sektor va aholi xonadonlaridagi quyosh panellariga ham shartnoma asosida texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Filialning ochilish marosimida ishtirokchilar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda quyosh panellariga texnik xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan maxsus texnikalar, asbos-uskunalar koʻrgazmasi bilan ham tanishishdi.