“Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-140-son, 27.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi hamda jalb etilgan qarz mablagʻlari va grantlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi, qarz mablagʻlari oʻz vaqtida qaytarilishi uchun masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.