Qanday omillar maktablardagi infratuzilma va ta’lim sifatiga ta’sir etmoqda?

Qanday omillar maktablardagi infratuzilma va ta’lim sifatiga ta’sir etmoqda?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari O‘zbekiston maktablaridagi infratuzilma va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, mamlakatimizda ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator omillar mavjudligi aniqlandi. Bular:

1. Umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat byudjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan.

2. Bitta o‘quvchi o‘rniga 1,2 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda.

3. Ikkinchi va uchinchi smenada o‘qiydigan o‘quvchilar soni 2,1 million nafardan oshiq bo‘lib, ular jami o‘quvchilarning 33 foizini tashkil etadi.

4. Maktablarning bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan.

5. Maktablarning 16 foizga yaqini kapital ta’mirlashga muhtoj, 4,6 foizi esa umuman yaroqsiz holatda.

6. Umumta’lim maktablarida har bir o‘quvchiga 0,03 ta, qishloq joylarda esa 0,04 ta kompyuter to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich dunyo mamlakatlari bilan solishtirganda ancha past. Masalan, Qozog‘istonda har bir o‘quvchiga 0,72 ta, Ozarbayjonda 0,55 ta, Belarusda 0,55 ta, Turkiyada 0,25 ta, umumiy IHTT mamlakatlarida esa 0,85 ta kompyuter to‘g‘ri keladi.

7. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘qituvchilar yuklamasi yuqori.

8. Respublika maktablarida chet tili, texnologiya va informasion texnologiyalar fanlaridan o‘qituvchilar yetishmaydi.

9. O‘qituvchilar orasida attestatsiyadan o‘ta olmaslik ko‘rsatkichi yuqori va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lganlar soni kam.

Batafsil