Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-912-son, 23.02.2024 y.) bilan ayrim qonunlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlarga koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli litsenziyalanadigan faoliyatning mavjud kichik turlari respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish kabi faoliyat turi bilan toʻldirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.