O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatini to‘rtta medal bilan yakunlashdi

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatini to‘rtta medal bilan yakunlashdi

O‘zbekiston terma jamoasi Eronda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida 2 tadan kumush va bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar:

Kumush medal:
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish);
Zahriddin Shokirov (ko‘pkurash).

Bronza medal:
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash);
4×400 metrga estafeta, ayollar.