“Zamin” fondi Vasiylar kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO Bosh direktori oʻrinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik taʼlimni ilgari surish bilan bogʻliq qoʻshma loyiha va tashabbuslarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli isteʼmol qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi hamda barqaror ekologik masʼuliyatli xulq-atvorni shakllantirish muhimligini taʼkidladilar.