Mablag‘lar tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratishga yo‘naltiriladi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) “O‘zbekistonda chorvachilik sanoatini rivojlantirish” loyihasi doirasida 200 million dollar ajratadi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” AJ matbuot xizmati xabar berdi .
Mablag‘lar chorvachilik, charm sanoati, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalarda tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratishga yo‘naltiriladi.
Jumladan, terini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit shaklida 40 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.
Bu mablag‘lardan samarali foydalanish, yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish sohada ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi. Bu tayyor qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksporti hajmining oshishiga olib keladi, deyiladi xabarda.