Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yangiyer shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O‘.Sh. va V.S. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro J.R.ga 49,9 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.M. fuqaro A.P.dan jami 3 300 AQSH dollarini 40,8 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.X. jami 275 ming Rossiya rublini fuqaro X.I.dan 37,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 39 mln so‘m va 100 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.