Turkiyaning “Beshiktosh” klubi sharafini himoya qilayotgan qozog‘istonlik futbolchi Baxtiyor Zaynutdinov Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Zaynutdinovning narxi 6,5 million yevroga baholandi va u borada o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni ortda qoldirdi. Shomurodovning qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.
Kuchli uchlikni esa 4 million yevroga baholanayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev yakunlab berdi. Umumiy hisobda Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari o‘nligidan 8 nafar o‘zbekistonlik, 2 nafar qozog‘istonlik futbolchi joy oldi.