Vengriya hukumati Shvetsiyaning NATOga kirishini qoʻllab-quvvatladi. Buni bosh vazir Viktor Orban alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqoti chogʻida tasdiqlagan. Bu haqda “Reuters” oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
“Men Vengriya hukumati Shvetsiyaning NATOga aʼzoligini qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladim. Shuningdek, biz parlamentni Shvetsiyaning alyansga qoʻshilishi va eng qisqa fursatda toʻliq ratifikatsiya qilish uchun ovoz berishga chaqirishda davom etishimizni taʼkidladim”, deydi Vengriya bosh vaziri.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya parlamenti Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini koʻpchilik ovoz bilan maʼqullagan edi. Aniqlik kЎзбекчаiritilishicha, endi tegishli farmonni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan imzolashi kerak boʻladi.