Oksana Chusovitina Jahon kubogining finaliga chiqdi

Oksana Chusovitina Jahon kubogining finaliga chiqdi

Shu kunlarda Germaniyaning Kotbus shahri sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqaning birinchi kun yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan faqatgina Oksana Chusovitina final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Yurtdoshimiz ertaga tayanib sakrash dasturida medallar uchun kurash olib boradi.