Tojikiston BAAni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Bugun chorak final yo’llanmasi uchun o’yinda O’zbekiston va Tailand terma jamoalari to’qnash kelishadi.

Tojikiston terma jamoasi BAAni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Qatarda o‘tayotgan Osiyo Kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

O‘yindagi ilk golni Tojikiston terma jamoasi himoyachisi Vahdat Xononov 30-daqiqada Zoir Jo‘raboevning pasidan so‘ng kiritdi. 90+5-daqiqada Xalifa Al Hammadi hisobni tenglashtirdi.

Penaltilar seriyasida BAA terma jamoasi futbolchilari to’rttadan bittadan 11 metrlik zarbani amalga oshira olishmadi.

Shu tariqa, Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finalida Iroq – Iordaniya juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Eslatib o’tamiz, bugun O’zbekiston va Tailand terma jamoalari chorak final yo’llanmasi uchun bahsda to’qnash kelishadi. Uchrashuv soat 16:30da bo’lib o’tadi.