Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvarli loyihalarga beriladi.

G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.