So‘nggi yillarda biz qishda yomg‘ir, bahorda jazirama, yozda bo‘ron, kuzda esa chivin ko‘rib qoladigan bo‘ldik. O‘tmishda ajdodlarimiz yil fasllarini aniq aytib bera olar edi, bugun esa fasllar bir-biriga aralashib ketdi. Bu o‘zgarishlar bejiz emas. Bu global isishning oqibatlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Global isish, yer atmosferasidagi issiqlikning sun’iy ravishda ortib borishi. Bu issiqlik, avvalo, inson faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Asosan, sanoatning haddan tashqari rivojlanishi, avtomobillardan chiqayotgan gazlar, o‘rmonlarning kesilishi, yirik fabrikalarning chiqindilari va, albatta, kundalik beparvoligimiz ushbu jarayonni jadallashtirib yubormoqda. Issiq tobora ortgani sari Arktika va Antarktidadagi muzliklar erib borayotganini siz ham eshitgan bo‘lsangiz kerak? Bu esa dunyo okeanlarining sathini ko‘tarib, suv toshqinlariga, qurg‘oqchilikka, tuproq yemirilishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar shu sur’atda davom etsa, 2050-yilga borib dunyoning ayrim qirg‘oqbo‘yi shaharlarini suv bosishi havfi yuqori. Bu faqat davlatga tabiiy muammo emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy va hatto siyosiy inqirozlarni ham keltirib chiqaradi.
O’zbekiston ham global isish ta’siridan mustasno emas. Ayniqsa, Orol dengizining qurishi, yillik yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi, cho‘llashuv jarayoni bularning barchasi global isish bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun bu muammoni ‘‘bizdan yiroq’’ deb emas, ‘‘bu bizning masalamiz’’ deb qarashimiz o‘rinli bo‘ladi. Bu borada har bir fuqaroning, chunonchi yoshlarning o‘rni beqiyos. Har bir yondirilmagan plastik, har bir ekilgan daraxt, har bir mas’uliyatli qadam global isishni sekinlashtirishda hissa bo‘ladi. Tabiat bizga faqat bir marta beriladi. Uni qo‘ldan boy berish oson, lekin qaytarish esa deyarli imkonsiz. Yer jim. Biroq u har kuni bizga nimadir degisi keladi. U bizdan yordam kutadi. Bugun harakat qilmasak, ertaga kech bo‘lishi muqarrar. Global isish, bu faqat ekologlar ishi emas, aksincha siz va bizning ham hayot masalamizdir.
Global isish oqibatlari
- Haroratning ortishi bu isish muzliklarning erishiga sabab bo’ladi va dengiz sathi ko’tarilishiga olib keladi.
- Tabiiy ofatlar sonining oshishi. iqlim ozgarishi tufayli qurg’oqchilik bo’ron va kuchli yomg’irlar ko’payadi, bu esa ko’plab hududlarda tabiiy ofatlar sonini ortishiga olib keladi.
- Ko’plab hayvonlar va o’simliklar yo’q bo’lib ketish havfi ostida qoladi sababi ular iqlim o’zgarishiga tezlikda moslasha olishmaydi.
Muxbir: Tabassum Bahromova