2024-yilning dastlabki 3 oyida “Tez yordam”ga qancha chaqiriq kelib tushdi?

2024-yilning dastlabki 3 oyida “Tez yordam”ga qancha chaqiriq kelib tushdi?

Yurtimizda shakllangan tez tibbiy yordam yoʻnalishi aholiga sifatli va zamon talablariga mos xizmat koʻrsatish imkonini bermoqda.

Buni esa 2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida “103” xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar sonidan ham bilish mumkin.

— Joriy yil yanvar mart oylarida “Tez yordam”ga mamlakatimiz boʻyicha jami 3 million 111 ming 148 ta murojaat qayd etildi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, yaʼni 2 million 205 ming 296 tasi shoshilinch koʻrsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar – 812 ming 247 ta va tugʻuruqlar – 19 ming 114 tani tashkil qildi.

Eng koʻp murojaatlar:

Toshkent shahri — 330 919 ta;

Fargʻona viloyati — 326 436 ta;

Andijon viloyati — 300 279 ta;

Toshkent viloyati — 289 533 ta;

Namangan viloyati — 271 791 ta qayd etilgan.

“Tez yordam” xizmatiga eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (90 434 ta), Sirdaryo viloyati (107 180 ta), Jizzax viloyati (116 878 ta) va Buxoro viloyatida (150 852 ta) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida (156 015 ta) kuzatildi.

Maʼlumot uchun, oʻtgan 2023-yilning ayni shu davrida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 3 million 90 ming 313 ta chaqiriq kelib tushgan edi.