Sulton Ibrohim Malayziyaning yangi qiroli sifatida qasamyod qildi

Sulton Ibrohim Malayziyaning yangi qiroli sifatida qasamyod qildi

Sulton Ibrohim Malayziya tashkil topganidan beri (1963) davlatning 17-qiroli boʻldi. U oʻtgan yilning oktyabr oyida qirol etib saylangan edi.

Sulton Ibrohim besh yillik vakolat muddati 30-yanvarda tugagan sulton Abdulla Riyatuddin Al-Mustafoning oʻrniga oʻtdi. Malayziya konstitutsiyaviy monarxiya hisoblanadi, shu bilan birga monarx almashinuvchanligi va saylanishi tizimidan foydalanadigan dunyodagi yagona davlatdir.