Turkiya — «cheksiz noyob tajribalar» mamlakati

Turkiya — «cheksiz noyob tajribalar» mamlakati

Turkiyada ta’tilga chiqish oddiy sayohat emas, balki rang-barang va boy tajribalarga sho’ng’ishdir. Mamlakat yakkaxon sayohat va tur paketlari uchun O’rta yer dengizidagi eng xilma-xil tajribalarni, shuningdek, bu jozibali mamlakatdagi har bir qadam kutganingizdan ham ortiq yangi sarguzashtni taqdim etadi. Istanbulning jonli madaniy tuzilishidan tortib, Egey va Oʻrta yer dengizining quyosh nurlariga burkangan qirgʻoqlarigacha har bir turk manzili har bir sayyyohning iliq kutib olingani va qadrli ekanini his qildiruvchi “dunyoga mashhur turk mehmondoʻstligi” bilan yo‘g‘rilgan “bebaho sarguzasht”ga boy sayohatni taklif etadi.

Antaliya: tengsiz takliflar bilan bamisli “Jannat”

Turk Rivierasi nafaqat Turkiyaning ajoyib go’zalligi bilan tashrif buyuruvchilarni o’ziga jalb qiladigan eng yaxshi yozgi manzili, balki eng betakror dengizi va Moviy bayroqli plyajlari bilan ko’pchilikning sevimli ta’til maziliga aylanib ulgurgan. Turk Rivierasi va uning «poytaxti» Antaliya eng hayajonli manzaralari, eng yaxshi O’rta yer dengizi taomlari, ajoyib qadimiy qadamjolari, yarim tungacha ochiq muzeylari va trekking marshrutlaridan suv sportigacha bo’lgan qiziqarli faoliyatlari bilan barcha sayyohlarni lol qoldirmoqda. Bu xilma-xillikni hisobga olsak, Antaliya har yili millionlab sayyohlarni qabul qilishi ajablanarli emas. Shahardagi oilaviy mehmonxonalarda, moviy bayroqli plyajlarda dam olish mumkin, bolalar esa o‘yin maydonchalari, basseynlar va bolalar klublarida vaqtni maroqli  o‘tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, Olympos kabi qadimiy shaharlarda arxeologik ekspeditsiyaga borish, Likiya yo’li bo’ylab yurish, Kashdagi halokatga uchragan kemalarning qoldiqlarini va sehrli fauna orasidagi suv osti dunyosini o’rganish, Patarada Santa Klaus tug’ilgan yerni kashf qilish va Belekdagi golf kurortlaridan bahramand bo’lish bilan birga Aspendos antik teatrida madaniy shou tomosha qilish kabi takrorlanmas lahzalarga guvoh bo‘lish mumkin. Ko‘prulu daryosida hayajonli rafting tajribasi shaharning misli ko’rilmagan, haqiqiy tajribalaridan biridir.

Mug’laning abadiy boshpanalari va Bodrumning ramziy jozibasi

Turkiyaning eng uzun qirg’oq chizig’iga ega bo’lgan Mug’lada Fethiye, Marmaris, Datcha, Go‘jek va O‘lideniz kabi Turkiyaning eng mashhur dam olish maskanlari joylashgan. Yorqin suvlari bo’lgan go’zal qirg’oqda joylashgan ushbu shaharchalarda turli xil sayohatlar uchun barcha tajribalar mavjud: ko’k va yashil landshaftlar, antik shaharlar, maftunkor artefaktlar, toza havo, firuza suvlari va qo‘l tegmagan ko’rfazlar. Hashamat va xilvat go‘shalarning jozibasi uyg’unlashgan shaharning diqqatga sazovor kurort shahri Bodrum bir vaqtning o’zida ham dam olish, ham hayajonni boshdan kechirish uchun ideal manzildir. Bodrum shu qadar ajoyib joyki, hatto bu yerda qadimgi dunyoning yetti mo’jizasidan biri bo’lgan Galikarnas maqbarasi joylashgan. Bodrum suvlarining betakror moviy rangi Egey dengizining boshqa hech bir joyida uchramaydi, har bir quyosh botishi unutilmasdir. Biroq, bu yerda kutilayotgan tajribalar bu bilan cheklanmaydi. Hashamatli plyaj klublari, zamonaviy marinalar, Mishel yulduzli gurme restoranlari yoki dam olish maskanlarining qulay muhitini afzal ko’rasizmi, Bodrumda haqiqatan ham ushbu bebaho tajribalar mavjud bo’lib, har lahzasi qadrli!

 Istanbul: Tarix, madaniyat va pazandalik mukammalligi mozaikasi

Yevropa Osiyo bilan uchrashadigan, tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan Turkiyaning metropolisi Istanbul dunyoning sayyohlik shaharlari orasida o‘ziga xos o‘rnini aks ettiruvchi ajoyib tajribalar mozaikasini taqdim etadi. Ayasofya, Galata minorasi, Yerebatan sardoni va bu kabi tarixiy joylar va me’moriy mo’jizalar bilan shaharning har bir burilishi va boy o’tmishi va ko’p madaniyatliligi uning o’ziga xosligini eslatib turadi… Istanbulga chuqurroq kirib borilar ekan, inson o’zini dunyodagi eng qadimiy shaharlardan birida sayr qilayotgandek his qiladi. Qolaversa, shaharning gavjum bozorlari, zamonaviy savdo majmualari, tobora kengayib borayotgan san’at va madaniyat sahnasi, jonli mahallalar o‘ziga xos zavq bag‘ishlaydi. Qaysi biri tanlansa ham Istanbulni eng haqiqiy ko’rinishida his qilasiz. Mishel yulduzli restoranlardagi nafis oshpaz stollaridan tortib, eng oddiy, lekin eng mazali ko’cha lazzatlarigacha, Istanbulni dunyodagi eng yaxshi gastronomiya shaharlaridan biriga aylantiruvchi dinamik oshpazlik madaniyati sayohatni yanada boyitadi.