Bugun O`zbekistonda qor yog`adi

Bugun O`zbekistonda qor yog`adi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz qor yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-3° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° sovuq bo`ladi.