Ekopark xodimi nega jarimaga tortildi

Ekopark xodimi nega jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Ekopark» hududiga qarashli ko‘cha yuzidagi daraxtlar shoxlari kesilayotgani haqida eʼlon qilingach, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi holatni nazoratga olgan.

Qish kunlarida daraxtlar uyquda bo‘lishiga qaramasdan daraxtlar shoxlariga shakl berilayotgani inspektorlar tomonidan aniqlangan.

Holat bo‘yicha «Ekopark» xodimiga MJtK ning 79 -moddasi 1-qismi bilan 1 700 000 ming so‘m jarima, 1 020 000 zarar belgilandi.