Boshqirdistonda yong‘in oqibatida bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi

Boshqirdistonda yong‘in oqibatida bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi

Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasining Jeleznodorojniy qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, o‘t o‘chiruvchilar ayol, uning ikki yoshli qizi, bir yoshli o‘g‘li va ularning bobosining jasadlarini olib chiqqan. Olov butun turar joyni, shuningdek, hammom va ikkita mashinani qamrab olgan. FVV binoda yong‘in boshlanganini bildiruvchi moslama yo‘qligini ma’lum qilgan.

“Yong‘inni o‘chirish chog‘ida 4 nafar halok bo‘lganlar: uch yoshli qizaloq, bir yoshli bolakay, 1991 yilda tug‘ilgan ayol va 1967 yilda tug‘ilgan erkak topildi”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Yong‘inni o‘chirishga 31 nafar mutaxassis va 12 dona texnika jalb etilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.