Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl shahar va Parkent tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YTT М.А. kompyuter oʻyinlari xizmatini koʻrsatish obyektida, fuqaro Т.Т. esa ishlab chiqarish sexida elektr va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 333,8 mln soʻmlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.