Yirik shaharlarda saraton bilan kasallangan ayollar uchun oʻzaro yordam guruhlari tashkil etiladi

Yirik shaharlarda saraton bilan kasallangan ayollar uchun oʻzaro yordam guruhlari tashkil etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 17-maqsadi — Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish doirasida:

Maqsadli guruhdagi ayollarni bachadon saratoni va koʻkrak bezi saratoni skrining dasturlari bilan qamrov darajasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Buning doirasida:

— Skrining registr va kanser registrlar amaliyotga tatbiq etiladi.

— Bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratoni skriningi klinik standarti tasdiqlanadi.

— Koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash tizimi joriy qilinib, bunda:

— tuman tibbiyot birlashmalari 14 ta mammograf uskunasi bilan jihozlanadi va ular respublika yagona riding tizimiga integratsiya qilinadi;

— mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun 4 ta vrach radiolog va 175 ta rentgen-laborantlar uchun shtat birliklar ajratish choralari koʻriladi.

Yirik shaharlarda saraton bilan kasallangan ayollar uchun oʻzaro yordam guruhlari tashkil etiladi. Saraton bilan kasallangan ayollar uchun ijtimoiy xodimlar tomonidan keys menejment va onkopsixologlar xizmati loyihalari tajriba sinovi viloyat onkologik markazlari (Toshkent) bazasida oʻtkaziladi.

Xususiy klinikalar tomonidan mammografiya tekshiruvi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga hisobot berish yoʻlga qoʻyiladi.