Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri yakuniga yetdi!

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri yakuniga yetdi!

O‘zbekiston Respublikasining harbiy va harbiylashtirilgan vazirlik va idoralari hamda ularning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda kursantlaridan tuzilgan ko‘ngilli jamoalar o‘rtasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur musobaqada jami 55 ta jamoa ishtirok etdi.

Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin: Bojxona instituti jamoasi;
2-o‘rin: Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi jamoasi;
3-o‘rin: Mudofaa vazirligi markaziy apparati jamoasi.

G‘olib jamoalar diplom, medal hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!