Qozog‘iston Ukrainaning eng yosh millionerini qidiruvga berdi

Qozog‘iston Ukrainaning eng yosh millionerini qidiruvga berdi

Olmaota Iqtisodiy tergov departamenti 26 yoshli ukrainalik millioner Vadim Mashurovni qidiruvga berdi. Bu haqda Ulysmedia.kz xabar berdi. 

2023-yil 28-dekabrda Moliyaviy monitoring agentligi tashabbusi bilan Olmaota shahrida qidiruv ishi qo‘zg‘atilgan.

Moliyaviy piramidalar bilan aloqa:

Departament maʼlumotlariga ko‘ra, Vadim Mashurov Sincere yoki S-Group piramidasining yaratuvchisi va foyda oluvchilardan biri hisoblanadi.

Ukrainadagi ayblov

Mashurov Ukraina huquq-tartibot idoralari tomonidan uchta: tovlamachilik, avtomobil va odam o‘g‘irlash bo‘yicha qidiruvga berilgan.

Professional investor va moliyaviy bozor tahlilchisi sifatida tanilgan Vadim Mashurov kriptobirja va kriptovalyutalar sohasidagi loyihalarni ishlab chiquvchi hisoblanadi. U, shuningdek, Instime.World asoschisi va Ukrainadagi eng yosh va eng muvaffaqiyatli millionerlardan biridir.

Sincere Systems bilan aloqa

Mashurov ishtirok etgan Sincere Systems (yoki S-Group, SS-Group) kompaniyasi Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi saytidagi moliyaviy piramidalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu ishda gumondorlar yozda qo‘lga olingandi.