Qarshi davlat universiteti yuriskonsulti va malaka oshirish institutining residiv firibgar o‘qituvchisi pora bilan ushlandi!

Qarshi davlat universiteti yuriskonsulti va malaka oshirish institutining residiv firibgar o‘qituvchisi pora bilan ushlandi!

O‘qishni ko‘chirib berish evaziga 10 ming dollar so‘ragan malaka oshirish institutining doimiy firibgarlik bilan shug‘ullanib keladigan o‘qituvchisi Sh.N. (ayol kishi, muqaddam bir necha bor sudlangan, 3 yoshgacha bolasi borligi yoki homiladorligi uchun qamoqdan qutulib qoladi har safar) so‘ralgan pulning 8000 dollarini olayotgan paytda
IJQKD va DXX tomonidan qo‘lga olingan.

Sh.N. pulni Qarshi davlat universiteti yuriskonsultiga berish uchun olganligini aytgan va tadbir davom ettirilgan hamda yurist ham qo‘lga olingan.