Avval xabar berilganidek, Soliq qoʻmitasi va Qurilish vazirligi mutaxassislari hamkorlikda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi va “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasidagi umumiy nomdagi qurilish materiallariga tegishli MXIKlar oʻrganib chiqildi.
Oʻrganishda, bugungi kunda faol boʻlgan jami 3 269 ta kodlar qurilish materiallariga biriktirilgan umumiy nomdagi kodlar ajratib olinib, joriy yilning 10-noyabridan boshlab nofaol holatga oʻtkaziladi.
Shu boisdan, Roʻyxatda keltirilgan faol holatda boʻlgan qurilish materiallari kodlarini tegishli boshqa MXIKlarga oʻzgartirish tavsiya etiladi.
Qurilish materiallarining MXIKlari va ularga biriktirilgan oʻlchov birliklari boʻyicha savollar yuzaga kelsa, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:
📞 (+998) 94 733-34-33, 97 421-60-09
☎️ (+998) 71 244-96-21, 71 244-51-84