Moliyaviy savodxonlik

💰 Zarur paytda olingan kredit yoki qarz moliyaviy yordamni ta’minlaydi, to‘g‘ri boshqarilsa, katta yordam beradi.

➡️ Ammo to’lovlarni kechiktirish va o’z vaqtida qaytarmaslik, nafaqat qo‘shimcha xarajatlarga, balki uzoq muddatli moliyaviy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.

Keling, yaxshiroq tushunish uchun bir nechta misollarni ko’rib chiqamiz.

📈 Foizlarning ortishi va jarimalar
Sarvar yangi telefon xarid qilish uchun kredit oldi. Dastlab to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirdi. Lekin bir necha oy o‘tgach, boshqa xarajatlar ustun bo‘lgani sabab to‘lovlarni kechiktira boshladi.

Har bir kechiktirilgan to‘lov jarimalarga sabab bo’ldi. To‘lanmagan kreditning umumiy summasi ortib bordi va Sarvarni moliyaviy qiyinchilikka solib qo’ydi.

❓ Kredit va qarz to’loviga mas’uliyatsiz qarash yana qanday salbiy holatlarga sabab bo’lishini bilasizmi?