Noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

Noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

Xorazm viloyatida davlat manfaatlariga 1 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

Xorazm viloyatida davlat manfaatlariga 1 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Urganch tumanidagi joylashgan “S.” MCHJning binosida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Xususan, fuqaro O.O. ga tegishli umumiy iste’mol quvvati 228,8 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari elektr tarmog’iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Holat bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarorining 1-ilovasi elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablarini buzganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 1 mlrd 60 mln 205 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Navigate the gaming labyrinth at Glory's intricate gaming maze , where every turn intrigues.