Yashash va ovqatlanish sohasida qancha korxonalar roʻyxatdan oʻtgan?

Yashash va ovqatlanish sohasida qancha korxonalar roʻyxatdan oʻtgan?

Joriy yilning 1-iyul holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 45 857 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ularning soʻnggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:

2020-yilda – 29 745 ta

2021-yilda – 34 950 ta

2022-yilda – 37 690 ta

2023-yilda – 41 949 ta

2024-yilda – 45 857 ta.

Avvalroq, 2024-yilning ikki oyida Oʻzbekistonga qancha yengil avtomobil import qilingani haqida xabar bergan edik.