Yer egalari, fermer xo’jaliklari, eksportyor / importyorlar uchun yangilangan «Agroko’makchi» maxsus mobil ilovasi ishga tushdi.

Yer egalari, fermer xo’jaliklari, eksportyor / importyorlar uchun yangilangan «Agroko’makchi» maxsus mobil ilovasi ishga tushdi.

Mamlakatimiz aholisining taxminan 40 foizi qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Bunday katta qatlamni zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash juda muhim. Axir o‘simliklarni zararli organizmlardan to‘g‘ri himoya qilish yuqori hosildorlik garovi.

Endi siz zarurat bo‘lganda birgina telefon orqali o‘zingizga kerak bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun “Agroko‘makchi” mobil ilovasining o‘zi yetarli.

📲 Mobil ilovada
➖zararli organizmlar, begona o‘tlar haqida batafsil ma’lumot;
➖ ularga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar;
➖ sinov va ro‘yxatdan o‘tgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlar;
➖ eksport uchun ochilgan bozorlar;
➖ hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar;
➖ tuproqni agrokimyoviy tahlilini o‘tkazuvchi laboratoriyalar;
➖ o‘simlik klinikalari;
➖ qadoqlovchi korxonalar va boshqa foydali ma’lumotlar jamlangan.

📍 Xarita orqali zararlangan maydonni belgilab, karantin inspektorini chaqirishingiz va uning faoliyati haqida “Inspektorni baholash tizimi” orqali izoh qoldirishingiz mumkin.

🔎 “Qidiruv” menyusi yordamida o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarni osongina topib olasiz.

🛒 «Agroko’makchi» ilovasini 🛒Play market va 🛒 App store  platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

(Reklama huquqlari asosida)