Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa maʼlumotlarni o‘z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.

Aholining yagona elektron reyestri:

🔹O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi;

🔹tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi;

🔹Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.