2024 yilda Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy etiladi

2024 yilda Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy etiladi

Вu aholi tomonidan to‘lanayotgan umumiy soliqlar hisobidan bo‘ladi va odamlardan qo‘shimcha badallar undirilmaydi.

Tibbiy sug‘urta doirasida:

davlat tomonidan aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalarining kafolatlangan paketi joriy etiladi;

bemorlarni o‘zlari biriktirilgan oilaviy shifokorlar orqali tor soha mutaxassislariga yoki shifoxonalarga yo‘llash tizimi tashkil qilinadi. Bunda ushbu tartibga rioya qilingan holdagina bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi;

aholiga kafolatlangan paket doirasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar bo‘yicha dori vositalari elektron retsept asosida dorixonalar orqali bepul beriladi.