Pensiya miqdori faqat oylik ish haqidan hisoblanadimi yoki ustama va mukofot pullari ham inobatga olinadimi?

Pensiya miqdori faqat oylik ish haqidan hisoblanadimi yoki ustama va mukofot pullari ham inobatga olinadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizomining 82-bandiga muvofiq:

⏺- pensiya hisoblashda ish haqi tarkibiga, shuningdek, ish haqining natural qismiga 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari;

⏺- 2019 yildan keyingi davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.

💰 Yaʼni, fuqarolarning mehnat faoliyatlari davomida olgan ish haqlariga qo‘shimcha ravishda to‘langan ustama va mukofot pullari pensiya hisoblashda inobatga olinadi.