Toshkentda «Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish» Turkiy Dunyo Sammiti boʻlib oʻtdi

Toshkentda «Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish» Turkiy Dunyo Sammiti boʻlib oʻtdi

Oʻzbekistonning poytaxti – Toshkentda «Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish» Turkiy Dunyo Sammiti tashkil etildi.
Tadbir Nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash davlat agentligi, Ozarbayjon-Turkiya Ayollar jamiyati, Ozarbayjon-Turkiya Uyi, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining va «Ipak yoʻli» jamgʻarmasining tashkilotchiligi asosida boʻlib oʻtdi.

Tadbir davlat madhiyasining yangrashi va shahidlarning xotirasi yodga olinishi bilan boshlandi.

Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan Ozarbayjon-Turkiya Ayollari jamiyati raisi Tanzila Rustamxonli mehmonlarga oʻz salomini yoʻllagan holda qadimiy Turkiy elda Gʻarbiy Ozarbayjon tadbirining oʻtkazilishi tarixiy bir ahamiyatga egaligi haqida bahs yuritdi. Ozarbayjonning 44 kunlik Vatan urushi bilan tuproqlarini ishgʻoldan ozod qilganini aytgan Tanzila Rustamxonli oʻlka hududining separatchilardan tozalanishi jarayonining yakunlanishi bilan birga, ushbu hududlarga ommaviy qaytish prezident Ilhom Aliyevning nazorati ostida amalga oshirilganini taʼkidladi. Jamiyat raisi bosqindan ozod etilgan hududlarga qaytish bilan birga, ajdodlarimizning qadimiy tuproqlari boʻlgan Gʻarbiy Ozarbayjonga ham qaytishning taʼminlanishi maqsadida bevosita davlat rahbari tomonidan amaliy qadamlar tashlanganini ham aytib oʻtdi. U mamlakat rahbarining bu masaladagi siyosiy kurashini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkentda «Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish» Turkiy Dunyo Sammitining oʻtkazilishi ham katta ahamiyat kasb etishini bildirdi. Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish masalasini ozarbayjonliklarning taʼminlanishi kerak boʻlgan huquqi ekanini butun dunyoga yetkazish uchun bunday ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish muhim ekanligini taʼkidlagan Tanzila Rustamxonli koʻrsatgan yordami, qoʻllab-quvvatlovi, uchun Nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash davlat agentligi rahbarligiga oʻz tashakkurini bildirdi.

Keyinchalik chiqish qilgan «Ipak yoʻli» Strategik tadqiqotlar jamgʻarmasi boshqaruv kengashi raisi, Moldovadagi Gagauziya Muxtor Respublikasining Turkiyadagi rasmiy vakili Sayfulloh Turksoy taʼkidladiki, Ozarbayjon turkiylarining oʻz tarixiy yurtidan koʻchirib yuborilishi xalqaro hamjamiyatning koʻz yumgan masalalaridan biridir, aslida. Uning soʻzlariga koʻra, Ozarbayjonning qoʻlga kiritgan gʻalabasidan keyin yuzaga kelgan yangi voqealiklarda Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish masalasi Ilhom Aliyevning siyosiy rahbariyati bilan hal qilinishiga shubha yoʻq. Sayfulloh Turksoy bu masalada Turkiyaning ham qardosh oʻlkaning yonida boʻlganini alohida bildirib oʻtdi.

Undan keyin protokol chiqishlariga navbat berildi. Chiqish qilgan Oʻzbekiston millat vakili, Parlamentning Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi rahbari Oyniso Musurmonova Oʻzbekistonning hamisha Ozarbayjonni qoʻllab-quvvatlaganini bildirdi. Bosqindan ozod etilgan hududlarga mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyevning safarini eslatib oʻtgan Jamila Shermuhammadova bu hududlardagi bunyodkorlik ishlarini Toshkentning doimo qoʻllab-quvvatlashini qayd etdi.

Tadbirda chiqish qilgan Turkiya-Ozarbayjon Parlamentlararo Doʻstlik guruhi raisi Shomil Ayrim aytdiki, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdogʻanning ham ifodalaganidek oilamiz turkiy dunyodir. Yuzimizni turkiy dunyoga burdik: «Bugungi yigʻilish turkiy dunyoning qadimiy tuprogʻi boʻlgan Oʻzbekistonning poytaxti Toshkentda oʻtkazilayotgani ahamiyatlidir».

Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, Ozarbayjon-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi boshqaruv kengashi raisi Iqbol Boboyev, Oʻzbekistonning taniqli yozuvchilari Tohir Qahhor, Boboxon Sharif va professor Shermuhammadova chiqishlarida Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytishning taʼminlanishi borasida markazlashgan siyosat olib borilganini taʼkidladilar.

Tadbir «Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytishning turkiy dunyoda ifoda topishi» va «Buyuk qaytish. Ozarbayjonlik qochqinlarning qaytishi, ularning huquqiy mudofaasiga yoʻnalgan mavjud strategiya va mexanizmlar» plenum muhokamalari bilan davom etdi.

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati, Dunyodagi ozarbayjonliklar kongressi raisi, xalq shoiri, yozuvchi Sobir Rustamxonlining moderatorligi asosida oʻtkazilgan birinchi plenumda professor Chatin Oʻlmas, Oʻzbekiston Ahiska turkiylari uyushmasi raisi Umar Salmon, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti doktoranti Mavluda Erkin Raxmanova, Qirgʻiziston-Turkiya MANAS universiteti katta oʻqituvchisi, tarixshunos olim Abdurashid Bobotoyev, Qirgʻiziston-Turkiya MANAS universiteti katta oʻqituvchisi, turkolog olim Chingiz Buyar va Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Falsafa va Sotsiologiya instituti ilmiy ishchisi Yosuman Mahmudova Vatan urushi, Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytishning huquqiy tomonlari va turkiy dunyoning duchor boʻlgan etnik tozalash siyosati haqida chiqish qilib, oʻz fikrlarini bildirdi. Sayfulloh Turksoyning rahbarligida davom etgan ikkinchi plenumda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Nagif Hamzayev, «Yangi Musavat» Media Guruhi rahbari Rauf Orifoʻgʻli, Ozarbayjon-Shimoliy Kipr Doʻstlik jamiyati raisi Orxan Hasanoʻgʻli, Ozarbayjon Matbuot shoʻbasining boshqaruv kengashi aʼzosi Oqil Alasgar, «Yoshlik» jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, Qirgʻiziston «Issiq Koʻl» forumi raisi Dinora Jumaboyeva va jurnalist Eʼtibor Boboyev tomonidan Gʻarbiy Ozarbayjondan Turkiyaga koʻchish, Gʻarbiy Ozarbayjonga qaytish strategiyasi, Turkiy dunyoning birlashishi mavzulari atrofida fikrlar almashinuvi olib borildi, soʻzga chiqqanlar oʻz taassurotlarini oʻrtoqlashdilar. Soʻngra Ozarbayjon-Turkiya Uyi ijrochi direktori Togʻrul Allahverdi tomonidan sammitning yakunlariga doir bayonot oʻqib eshittirildi. Tadbir esdalik boʻlib qolguvchi suratlarga tushish bilan yakunlandi.