Samarqandda sodir boʻlgan YTHda Nexia-2 mashinasi ikkiga boʻlinib ketdi

Samarqandda sodir boʻlgan YTHda Nexia-2 mashinasi ikkiga boʻlinib ketdi

Samarqand shahrida sodir boʻlgan YTHda Nexia-2 mashinasi ikkiga boʻlinib ketdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 18-may kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar Xoʻjadonyor MFY hududidan oʻtuvchi Islom Karimov koʻchasida sodir boʻlgan.

Unda 33 yoshli haydovchi Nexia-2 mashinasida ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻlning oʻng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga oʻng yon tomon orqa eshigi bilan urilgan. YTH oqibatida yoʻlovchilar jarohatlangan.